Sport | 15:40 / 08.10.2017
36031
2 daqiqa o‘qiladi

«Bu Rossiya futboli uchun sharmandalik». Sharhlovchi o‘yin o‘rtasida sharhni to‘xtatdi

Rossiyaning nufuzi jihatdan ikkinchi ligasi sanalgan PFL musobaqalari doirasida Vladimirning «Torpedo» va Ivanovoning «Tekstilshchik» jamoalari uchrashuvini sharhlab borgan mezbonlar jamoasi matbuot kotibi Vladimir Nikolskiy hakamning qarorlarini o‘ta yuqori ehtiros bilan qabul qildi va shundan so‘ng o‘yinni sharhlashdan bosh tortdi. Mazkur vaziyatda olingan video YouTube videohostingga joylashtirildi.

Sharhlovchining bunday ehtiros bilan sharhlashiga 65-daqiqada hakam «Tekstilshchik» darvozasi tomon penalti belgilamagani sabab bo‘lgan. Aslida darvozabon raqibni jarima maydoni ichida yiqitgan, biroq hakam qoida jarima maydoni tashqarisida buzilgan deb hisoblab, faqatgina jarima zarbasi belgilaydi.

Jarima zarbasi ijro etilganidan keyin to‘p himoyachining qo‘liga tegadi va hakam ikkinchi marta ham penalti belgilashga jazm etmaydi.

«Bu Rossiya futboli uchun sharmandalik, buning uchun meni jazolashingiz mumkin. Yaxshisi o‘yinni sharhsiz ko‘ring, xayr», — deya Nikolskiy muxlislar bilan xayrlashib sharhni to‘xtatgan.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgan.

Mavzuga oid