Google Rossiya AQShdagi saylovlarga aralashganining isbotini topdi
Google Rossiya kompaniya platformalari orqali 2016 yilgi AQSh prezidenti saylovlari natijalariga ta'sir qilishga uringanining isbotini topdi, deb xabar bermoqda kompaniya ichidagi tergov natijalari bilan tanish manbalarga iqtibos keltirgan holda The Washington Post (WP) nashri. Bu maqsadda o‘n minglab dollarlik reklama sotib olingan.
Reklama YouTube, Gmail’da hamda DoubleClick platformasida joylashtirilgan. Reklama xuddi shu maqsadda Facebook’da reklama sotib olingan manbalardan xarid qilinmagan.
Google’da rasmiy izohlar berishdan bosh tortishdi.
Manbalarning aytishicha, umumiy qiymati 100 ming dollardan kamroq bo‘lgan reklama kompaniya tomondan shubha ostiga tushgan. Google hanuzgacha bu reklama Kreml bilan bog‘liq tuzilmalar tomondan buyurtirilgani yoki yo‘qligini aniqlay olmagan.
Sentyabr boshida Rossiyadan Facebook’da siyosiy reklama joylashtirilgani ma'lum bo‘lgandi. Bu reklamani Sankt-Peterburgda joylashgan, Yevgeniy Prigojinning internet-tadqiqotlar agentligi bilan bog‘liq kompaniyalar sotib olishgan. Ushbu holat Facebook’ning reklamani joylashtirish qoidalarini o‘zgartirishiga olib kelgan: endi foydalanuvchilar u yoki bu siyosiy maqolani kim buyurtirganini bila olishadi.
Mavzuga oid
21:41 / 27.12.2024
Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga yana 3 sohada ishlash taqiqlandi
20:59 / 27.12.2024
Rossiya floti zamonaviy atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
19:14 / 27.12.2024
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
18:40 / 27.12.2024