O‘zbekiston | 09:23 / 10.10.2017
19835
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2000-yillar o‘rtalarida yopilgan yo‘l ochildi

Toshkentda Markaz-5, “Jasorat” haykalidan Mustaqillik maydoniga eltuvchi Sharof Rashidov shohko‘chasining bir qismi transport harakati uchun yana ochildi.

Bu yer 2000-yillarning o‘rtalarida yopib qo‘yilgandi. Avvalgi yo‘l joylashgan yerda esa o‘ziga xos yashil hudud barpo etilgan.

Quruvchilar bir necha kun ichida yashil hududni butkul tozalab tashlashdi va asfalt yotqizishdi. 9 oktabrdan boshlab Sharof Rashidov shohko‘chasining bu qismida transport harakati tiklandi.

Ushbu yo‘lning ochilishi Amir Temir shohko‘chasidagi tirbandlikning oldini olishda qo‘l kelishi lozim. U Yunusobod tumanini Toshkent markazi bilan bog‘laydi.

Foto: twitter.com/@Shef_uz

Mavzuga oid