Ro‘ziqul Berdiyev Igor Sergeyevni nega tarkibga jalb etmaganiga izoh berdi
Bugun, 10 noyabr kuni Toshkentdagi «Miran» mehmonxonasida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ro‘ziqul Berdiyev bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida shuningdek, terma jamoaga jalb qilingan «Buxoro» hujumchisi Ivan Nagayev ham ishtirok etdi.
«Rejamiz bo‘yicha bugun va ertaga Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazamiz, 12-13 noyabr kunlari esa bevosita BAAda mashg‘ulotlarni davom ettiramiz. Hozirda tarkibga jalb qilingan barcha futbolchilar yig‘inga sog‘-salomat tarzda yetib keldi. Biz BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida legionerlar xizmatidan foydalanmay, asosiy e'tiborni yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazishga qaratdik», – deb ta'kidladi Ro‘ziqul Berdiyev.
Fikrini davom ettirar ekan, Berdiyev terma jamoaga bugungi kunda o‘z pozitsiyalarida eng kuchli bo‘lib turgan futbolchilar tanlab olinganini bildirdi. Nima sababdan Igor Sergeyev tarkibga jalb qilinmagani haqidagi savolga murabbiy quyidagicha javob berdi: «Men Igor Sergeyevning hujumchi sifatidagi mahoratiga shubha qilmayman. U juda kuchli futbolchi. Sergeyev so‘nggi vaqtlar ichida kuchli bosimda qolgandi. Balki, biroz tanaffus uning o‘ziga ham yaxshi ta'sir qilar? Igor Sergeyev kelajakda terma jamoaga ko‘p foyda keltirishiga ishonaman».
Tadbir davomida uzoq tannafusdan so‘ng tarkibga jalb qilingan Ivan Nagayev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men uzoq tanaffusdan so‘ng ilk bor terma jamoadan taklif oldim. Terma jamoa bu eng muhim, bizning sharafimiz bo‘lgan jamoadir. Har bir futbolchi bu yerda o‘ynashni orzu qiladi. Men kuch va mahoratimni ishga solib, bu yerdagi o‘z o‘rnimni saqlab qolishga intilaman», – deb aytgan Nagayev.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziqul Berdiyev BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga 23 nafar futbolchini taklif etgan. O‘zbekiston hamda BAA milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi «Xalifa Bin Zayd» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi
23:13 / 22.08.2023
OChL. «Patxum Yunayted» Sergeyevning het-triki evaziga «Shanxay Port»ni mag‘lub etib, guruh bosqichiga chiqdi
00:21 / 21.04.2023
Ro‘ziqul Berdiyev va «Bunyodkor» sardori 5 o‘yinga chetlatildi, klublar, janjalga sababchi bo‘lgan o‘yinchilarga chora ko‘rildi – O‘FA
13:00 / 12.11.2022