Iqtisodiyot | 15:40 / 12.11.2017
5064
2 daqiqa o‘qiladi

ASEAN va Honkong o‘rtasida erkin savdoga doir bitim imzolandi

12 noyabr kuni Manilada Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (JShODA/ASEAN) va Honkong o‘rtasida erkin savdoga doir kelishuv imzolandi. TASS shu haqida xabar berdi.

Hujjat ikki tomon o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish uchun bojxona, texnik va sanitar to‘siqlardan o‘tishni soddalashtiradi. "Kelishuv ASEAN mamlakatlari uchun ko‘proq imkoniyat ochib beradi, zero u bizning mahsulotlarga bozorga keng yo‘l ochadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantiradi", - dedi imzolash marosimida bu yil assotsiatsiyaga raislik qilayotgan Filippin vakili, mamlakat savdo va sanoat vaziri Ramon Lopes. 

Imzolash 10-14 noyabr kunlari Manilada bo‘lib o‘tadigan ASEAN sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi. Erkin savdoga doir kelishuv "Osiyo o‘nligi" uchun oltinchi shunday hujjat bo‘ldi. Bundan avval Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, shuningdek Yangi Zelandiya va Avstraliya bilan ham shunday kelishuvga erishilgan edi. 

Mavzuga oid