Jamiyat | 22:53 / 08.12.2017
10154
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ehtiyojmand fuqarolarga e'tibor qaratilmoqda

Foto: KUN.UZ

Prezidentning joriy yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Samarqand shahrida ham hokimlik, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat soliq xizmati matbuot xizmatining KUN.UZga ma'lum qilishicha, Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ravshan Nasimov rahbarlik qilayotgan to‘rtinchi sektor hududidagi mahallalarda aholi turmush darajasi, muammo va kamchiliklarini ijobiy hal etish bo‘yicha fuqarolar bilan muttasil muloqotlar olib borilmoqda. Hududdagi nochor oilalar, yakka-yolg‘iz keksalar, nogironlar aniqlanib, ularni ijtimoiy himoya qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Jumladan, 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi arafasida Kimyogarlar qo‘rg‘oni, Nurafshon mahallasida yashovchi N.Saidmurodova, Darg‘om mahallasida yashovchi M.Zakriyayeva va Chorbog‘ mahallasida yashovchi A.Jumayevlarga homiylar yordamida nogironlik aravachalari topshirildi. Ularning doimiy salomatligidan xabar olib turish bo‘yicha mas'ullar biriktirildi.

Ayni paytda sektor hududidagi mahallalarda aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyat yuritmoqda.

Mavzuga oid