Toshkentda tuyalar karvoni ko‘rinishidagi sayyohlik obekti paydo bo‘ldi
9 dekabrda Toshkentning Chilonzor tumanida sayyohlik namoyishi obekti – yo‘lga chiqayotgan karvon va ramziy quduq ko‘rinishidagi installyatsiya ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ushbu installyatsiya g‘oyasi asosiy qismi O‘zbekiston hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lini aks ettirishdan iborat.
Ushbu obekt yangi ishlab chiqilayotgan sayyohlik yo‘nalishlariga kiritiladi. Marosimda ishtirok etgan xorijlik sayyohlarning fikricha, karvon va quduq Ipak yo‘liga xoslikni to‘liq aks ettiradi va shubhasiz, O‘zbekistonga keluvchi xorijliklar orasida ommalashadi.
Qayd etib o‘tish joizki, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Chilonzor tumani hokimiyati bilan birgalikda tumanda kichik sayyohlik klasterini yaratish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Jumladan, Yu.Gagarin ko‘chasini sayyohlar shoping qilishi, tamaddi qilishi va ko‘ngil yozishi mumkin bo‘ladigan maxsus sayyohlik ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilgan.
Bu loyiha doirasida brend do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari (tematik restoranlar, art-kafelar, qahvaxonalar), suvenir do‘konlari, hunarmandlar ustaxonalarini ochish rejalashtirilgan.
Shunday ishlar qo‘mita tomonidan Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari hokimiyatlari bilan birgalikda ham olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:52
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024