Jahon | 21:52 / 17.12.2017
10601
1 daqiqa o‘qiladi
Bentley mashinasi sotib olingan kuniyoq o‘g‘irlab ketildi
Sankt-Peterburgda yashovchi 25 yoshli yigit 13 yillik Bentley’ni sotib olgan kuniyoq uni o‘g‘irlab ketishdi. U mashinani sug‘urtalashga ham ulgurmagan.
16 dekabrda yigit endigina sotib olgan mashinasini uyi oldida qoldirgan. U kechga yaqin mashinasidan xabar olmoqchi bo‘lganda, mashinasi yo‘qligini bilib qolgan. U shundan keyin huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.