Jahon | 18:45 / 02.01.2018
7485
1 daqiqa o‘qiladi

2017 yil aviatsiya tarixida eng xavfsiz yilga aylandi 

Foto: Global Look Press

Daniyaning To70 tahlil kompaniyasi xabariga qaraganda, 2017 yilda aviakompaniyalar tijorat maqsadlardagi yo‘lovchi samolyotlarida o‘limning nol darajasini qayd etishgan. Har 16 million tijorat maqsadlardagi yo‘lovchi reyslarida o‘lim bilan yakun topgan bitta baxtsiz holat ro‘y bergan.

Biroq, 79 ta o‘lim holati yuk havo kemalari va turbovintli dvigatellarga ega samolyotlar ishtirokida yuz berdi. Lekin bironta ham o‘lim chetdan yoki noqonuniy aralashuv tufayli sodir bo‘lmagan. 2017 yil uchun hisobotga og‘irligi 5,7 tonnadan ortiqni tashkil etuvchi havo kemalari kiritildi.

Aviation Safety Network firmasi ham ushbu ma'lumotni tasdiqladi. Uning ta'kidlashicha, aviatsiyadagi o‘lim holatlari so‘nggi ikki yilda keskin qisqarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda yo‘lovchi avialaynerlarida 16 ta aviahalokat va 303 ta o‘lim holati qayd etilgandi.

Mavzuga oid