Namangan viloyatida vafot etganlarni xotirlab, sukut saqlashdi
18 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida yuz bergan mudhish voqeada vafot etganlarning ko‘pchiligi Namangan viloyatida yashovchi aholi vakillari bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning xotirasini yod etish maqsadida 20 yanvar kuni Namangan viloyatidagi barcha muassasa, tashkilot va korxonalar ish boshlanishidan avval bir daqiqalik sukut saqladi.
Ma'lum qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov tegishli xat bilan viloyatdagi barcha ta'lim muassasalari, idora, tashkilot va korxona rahbarlari hamda tuman, shahar hokimlariga murojaat qilgan.
Bundan avval, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov va viloyat bosh imom-xatibi Abdulhay Tursunov Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning oila a'zolariga Prezidentning hamdardligi va ta'ziyasini bildirgani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024