Jamiyat | 15:14 / 22.01.2018
44595
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda qotillik: er o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Andijon viloyatining Bo‘z tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 19 yanvar soat 19:30larda Bo‘z shaharchasi Do‘stlik MFY Mustaqillik ko‘chasi 138-uy 9-xonada yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan O.M. uyida, rashk oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i, uy bekasi, 1991 yilda tavallud topgan M.M.ni bo‘g‘ib o‘ldirgan. O.M. ushlangan.

Mavzuga oid