Sport | 21:40 / 28.01.2018
7549
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA bolalar futbolida bosh bilan o‘ynashni taqiqlashi mumkin

Foto: MedikForum

UYeFA agar tadqiqotlar futbolda bosh bilan o‘ynash miyaning normal faoliyatiga putur yetkazishini ko‘rsatsa, bolalar futbolida bosh bilan o‘ynashni taqiqlashi mumkin. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda.

“Albatta, bunga juda jiddiy yondashish kerak. Agar tadqiqotlar bosh bilan o‘ynash, ayniqsa bolalarda, shikastlanishlarga olib kelishini ko‘rsatsa, unda biz bu masalada qattiqqo‘l bo‘lishimiz kerak. Aralash yakkakurash yoki boksda nima sodir bo‘lishini aytishdan odam ko‘rquvga tushadi. Futbolda ham shu muammo mavjud”, deb aytgan UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin. 

AQShda 2016 yildan 11 yoshgacha bolalar o‘rtasida bosh bilan o‘ynash taqiqlangan, Niderlandiyada esa bu taqiq 2004 yildan beri amal qiladi.

Niderlandiyalik tadqiqotchilar bosh bilan muntazam zarba berganda miyada muddatdan avval “qarish”ga sharoitlar paydo bo‘lishi haqidagi xulosaga kelganlar. Buni mamlakat oliy ligasidagi 88 futbolchi sog‘lig‘i holati monitoringi ko‘rsatgan. Futbolchilar ortidan chempionat davomida kuzatuv olib borilgan.

Mavsum davomida futbolchi 800 dan 1200 gacha mikrojarohatlar oladi. Bu jarohatlardan aksariyati beziyondir, biroq ba'zilari boksdagidek o‘z izini qoldiradi (ma'lumki, har beshinchi bokschida 30 yoshigacha miya faoliyati yomonlashishi alomatlari aniqlanadi). Agar odam aqli zaiflikka moyillikka ega Apoe-4 geniga ega bo‘lsa, xatar 4 karra oshadi.

 

Mavzuga oid