Fan-texnika | 00:53 / 01.02.2018
4956
2 daqiqa o‘qiladi

Fujifilm kompaniyasi Xerox’ni sotib olganini e'lon qildi

Foto: Yahoo Finance

Yaponiyaning Fujifilm kompaniyasi o‘z tarkibiga AQShning Xerox kompaniyasini qo‘shib olganini e'lon qildi. Birlashuv hozirda mavjud bo‘lgan Fuji Xerox qo‘shma kompaniyasi negizida amalga oshadi. Yaponiyaliklar 50,1 foiz aksiyaga ega bo‘ladilar.

Qo‘shma kompaniya Fujifilm’dagi ulushini 6,1 mlrd dollarga sotib oladi, so‘ngra yaponlar bu mablag‘larni Xeroxֹ’ning aksiyalarini sotib olishga yo‘naltiradi. 

Kompaniyalar birlashuvdan olinadigan daromadni 2022 yilgacha 1,7 mlrd dollarga yetishini taxmin qilishmoqda. 

“Biz Fujifilm oilasiga Xerox va uning xodimlarini qabul qilishdan xursandmiz. Bizningcha, birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan biz sohamiz kelajagini yaratamiz”, deb aytgan Fujifilm bosh direktori Sigetaka Komori.

Fujifilm kompaniyasi Xerox kabi qog‘oz hujjatlarni qo‘llashdan bosh tortilayotgani ortida foyda kamayib ketganini ma'lum qilgan. 

Ikki kompaniya bitim haqida e'lon qilgandan keyin Xerox aksiyalari narxi deyarli 4 foizga oshgan, Fujifilm’niki esa aksincha, 8 foizdan ko‘proqqa tushib ketgan.

 

Mavzuga oid