IIV tergovda tazyiq o‘tkazilgandan so‘ng o‘z joniga qasd qilinmoqchi bo‘lgan holat haqidagi xabarlarga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonlik 23 yashar yigit militsiya so‘rog‘idan keyin o‘z joniga qasd qildi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maqolada keltirilgan holatlar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro Ismoiljon Baltabayev o‘z arizasida 2017 yilning fevral oyida “Haj”ga borishi yuzasidan yordam berish uchun Abduraxim Sattarovga 1700 AQSh dollari, 11 mln. so‘m pullari va fuqarolik pasportini berganligini, lekin Abduraxim Sattarov turli bahonalar bilan ziyoratga jo‘natishga yordam bermasdan, pullarini ham qaytarmaganligini bayon qilingan.
2018 yilning 22 yanvar kuni soat 18.25da fuqaro Abduraxim Sattarov tergov bo‘limiga chaqirtirilib, u bilan suhbat o‘tkazilganda, Ismoiljon Baltabayevdan 1700 AQSh dollari, 11 mln. so‘m pullarini qarzga olganligini va pullarni qaytarish uchun Qozog‘iston Respublikasiga borib ishlab kelganligini bildirib, Ismoiljon Baltabayevning fuqarolik pasportini tergov bo‘limi surishtiruvchisi G‘.Ismonovga qaytarib bergan.
Qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro Abduraxim Sattarovning fuqarolik pasportida 2017 yilning oktabr-noyabr oylarida Qozog‘iston Respublikasiga chiqib kelganligi haqida qozoq tilida yozilgan muhr bosilgani aniqlangan. Muhrning haqiqiyligini tekshirish maqsadida, Abduraxim Sattarovning fuqarolik pasporti tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan va shu kuni soat 18.45da Andijon shahar IIB binosidan chiqarib yuborilgan.
2018 yilning 23 yanvar kuni soat 04.00da Andijon viloyati tez tibbiy yordam shifoxonasidan Andijon shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan, Abduraxim Sattarov yashash xonadonida ko‘p miqdorda “Dimidrol” tabletkalarini ichib olganligi va hushsiz holda oila a'zolari tomonidan shifoxonaga olib borilgani ma'lum bo‘lgan.
Fuqaro Abduraxim Sattarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024