Jamiyat | 21:23 / 17.02.2018
28676
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat agrar universitetida jonivor ustida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi Hamidov Alijon Ismatjonovich uyida boqilayotgan qo‘yning homiladorlik davrining kechikkanligi sababli Toshkent davlat agrar universiteti Vetarinariya kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga murojaat qildi. 

Kafedraning professor-o‘qituvchilari holatni o‘rganib chiqib, hayvonda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida xulosa berildi. Shunga asosan qo‘yda Kesercha kesish yo‘li bilan malakali jarrohlik yordami ko‘rsatilib, 3 bosh qo‘zichoq olindi. Hozirgi vaqtda ona qo‘y va qo‘zichoqlar sog‘lom rivojlanmoqda. 

Bunday jarrohlik amaliyotlari Veterinariya kafedrasida doimiy ravishda amalga oshirib borilmoqda. Bu esa ishlab chiqarish va ilm-fanning integratsiyasini ta'minlash va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishda o‘zining ijobiy ta'sirini ko‘rsatmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati tomonidan yaratib berilgan bunday zamonaviy, o‘quv-amaliy tadbirlarni amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bu yerda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning olib boratyotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini mustahkamlashga va talabalarning ishlab chiqarishga raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishlariga mustahkam zamin yaratmoqda.

Mavzuga oid