Jahon | 09:50 / 01.03.2018
5405
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela va Kolumbiya chegarasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Kolumbiya bilan chegarada Venesuela xavfsizlik kuchlari bilan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi.

“To‘qnashuvlarda harbiy tuzilmalardan 7 nafar kolumbiyalik, jumladan 5 erkak va 2 ayol halok bo‘ldi”, deb yozgan markaziy hukumat tomonidan Venesuelaning Tachira shtati “himoyachisi” etib tayinlangan Freddi Bernal tvitterdagi sahifasida. Bernal, shuningdek, Venesuelaning shahar qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini egallaydi.

To‘qnashuvlar 27 fevralda Tachira shtatining Urenya munitsipalitetida yuz bergan. Shtat xavfsizlik xizmatlari 7 ta o‘qotar qurol, granatalar, 3 ta avtomobil va yana shuncha mototsikl musodara qilgan. 

2,2 ming kmlik Venesuela va Kolumbiya o‘rtasidagi chegara kontrabandachilar va narkomafiya rasmiy o‘tkazish punktlarini chetlab o‘tgan holda o‘z mahsulotlarini o‘tkazuvchi hudud hisoblanadi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiyaning mafioz guruhlarini Venesuela iqtisodiyotiga ziyon yetkazishda ayblab keladi.

Chegara 2015 yil avgustda kontrabandachilarning harbiylarga hujumidan keyin Maduroning buyrug‘iga ko‘ra bir yilga yopilgandi. Chegaralarning sekin-asta ochilishiga 2016 yil avgustda kelishib olingandi.

Mavzuga oid