Sport | 21:03 / 02.03.2018
40368
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionatida yengil atletika tarixida misli ko‘rilmagan holat yuz berdi

Foto: Reuters

Birmingemda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlarda o‘tayotgan jahon chempionatida ushbu sport tarixida misli ko‘rilmagan holat yuz berdi. Gap shundaki, 400 metrga yugurish bo‘yicha 3-saralash bahsida ishtirok etgan barcha sportchilar diskvalifikatsiya qilindilar. 

Ushbu bahsda 5 sportchi ishtirok etgan. Dastlab falstart uchun 2017 yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi qatarlik Abdulloh Xarun chetlatilgan.

So‘ngra qolgan 4 ishtirokchi: yamaykalik Stiven Geyl, latviyalik Austris Karpinskis, Bagam orollaridan Alonso Rassel va Grenadadan Bralon Taplin qayta startga chiqib, masofani yugurib o‘tishgan. Biroq hakamlar sprinterlarning barchasini chetlatish haqida qaror chiqargan: ular masofani o‘tish vaqtida o‘z polosalaridan tashqariga chiqib ketganlar.

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi matbuot xizmati ushbu holatni bunday darajadagi musobaqalar uchun misli ko‘rilmagan deb atagan.

Mavzuga oid