Samarqandda 82 nafar mahkumning jazosi og‘irrog‘iga almashtirildi
Insonparvarlik tamoyillari asosida O‘zbekistonda jinoiy jazolar yengillashtirilib, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, ular o‘z oilalari bag‘rida bo‘lishlari uchun ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlari qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda Samarqand viloyati IIBda 6810 nafar ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatlarini o‘tayotgan mahkumlar hisobda turadi, deb xabar beradi Kun.uz’ga viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi.
Joriy yilning o‘tgan ikki oyi davomida beglilangan jazo muddatini o‘tab, ijobiy tavsifga ega bo‘lgan 441 nafar mahkum o‘talmay qolgan jazo muddatlaridan O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. O‘tgan yilning shu davrida 254 nafar mahkum ozod etilgan edi.
Biroq ayrim mahkumlar bu imkoniyatdan foydalanmasdan o‘ziga nisbatan berilgan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatlarini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelmoqda.
2018 yilning o‘tgan yanvar-fevral oylari davomida 82 nafar (2017 yilda — 31 nafar) mahkumlarning o‘talmay qolgan jazo muddatlari jazoning og‘irrog‘ig‘a, ya'ni ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.
2018 yil 6 mart kuni Payariq tumani Alisher Navoiy mahallasi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudi tomonidan «sayyor sud» majlisi o‘tkazilib, unda mahkumlar — «Qirqovul» mahallasida yashovchi O.D. hamda «Mustaqillik» mahallasida yashovchi Q.A.ning o‘talmay qolgan jazolari og‘irrog‘iga almashtirildi.
O‘z muxbirimiz
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024