Sport | 11:50 / 11.03.2018
20737
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: «Vest Hem» muxlislari g‘azabga mindi, klub rahbariyati orqa eshikdan qochdi

«Vest Hem» muxlislari ancha vaqtdan buyon klub rahbariyatiga – pornografiya sanoati orqali boylik orttirgan Devid Sallivan va Devid Gold, shuningdek vitse-prezident, britaniyalik mediayulduz Karen Brediga nafratlarini turli yo‘llar bilan izhor etib kelishmoqda. Joriy mavsumda jamoa juda yomon ishtirok etmoqda, «bolg‘achilar»ni xavfli hududdan atigi 3 ochko ajratib turibdi. 30-turda «Byornli»ga qarshi o‘yin oldidan muxlislar keng ko‘lamli tartibsizliklar, norozilik aksiyalari uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishdi.

Foto: Getty Images

Ammo aksiyalar tashkillashtirilmadi, birinchidan fanatlarning turli guruhlari muvofiqlikda harakatlana olishmadi, qolaversa aksiyalar rejasidan oldindan xabardor bo‘lgan politsiyachilar muxlislarni har qadamda nazorat qilishdi.

Foto: Getty Images

«Jamoa muhim, rahbariyat emas. «Bolg‘amiz» tobut yasaydi», – shunday qo‘rqinchli so‘zlar yozilgandi muxlislar qo‘llaridagi sharflarda.

Foto: Getty Images

«Vest Hem» stadionida klub rahbarlarini agressiv shiorlar yozilgan plakatlar bilan kutib olishdi. «Biz orzu uchun pul to‘ladik, evaziga dahshat oldik», – deya yozilgan muxlislar bannerlaridan birida.

Foto: Getty Images

«Vest Hem» muxlislari o‘yin arafasida jamoa tarixidagi asosiy futbolchi bo‘lgan Bobbi Murning o‘limiga 25 yil to‘lgani munosabati bilan ajoyib perfomans hosil qilishdi.

O‘yinning 66-daqiqasigacha hisob 0:0 ko‘rinishida edi, ikkinchi bo‘limning ikkinchi qismida esa «Byornli» hisobni ochdi. Shundan so‘ng maydonga norozi muxlislar bitta-bitta yugurib tusha boshlashdi. Ularni jamoa futbolchilari, masalan, Jyeyms Kollinz tinchlantirishga urindi.

Foto: Getty Images

Ammo «Vest Hem» sardori Mark Nobl murosa qilib o‘tirmadi, u muxlislardan birini urib gazonga ag‘dardi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Styuardlar qo‘llaridan kelgancha harakat qilishdi.

Foto: Getty Images

Ammo «Vest Hem» futbolchilarini to‘xtatib bo‘lmasdi. Ulardan biri burchakdagi bayroqchani sug‘urib olgandi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Politsiyachilar maydon egalarining fanatlari joylashgan tribunalarni o‘rab olishga majbur bo‘ldi.

Foto: Getty Images

«Byornli» futbolchilari esa tartibsizliklar boshlangan vaqtda tribunadagi yosh muxlislarni chaqirib olib, ular zararlanmasligi uchun o‘zlarining zaxira o‘rindig‘idan joy berishdi.

Foto: Getty Images

Yakunda «Vest Hem» 0:3 hisobida yutqazdi. Angliyada klub bir necha o‘yinni muxlislarsiz stadionda o‘tkazish bilan jazolanishi haqida gapira boshlashdi (chunki klub stadionda tartib saqlay olmadi). Aytish mumkinki, «Vest Hem»ning ba'zi futbolchilari Devid Sallivan va uning do‘stlari yuzini ko‘rmaslikdan xursand ham bo‘lishadi.

Foto: Getty Images

O‘yin yakuniga muxlislar «Vest Hem» xo‘jayinlari o‘tirgan lojaga bostirib kirmoqchi bo‘lishdi, natijada, o‘yin yakuniga 5 daqiqa qolganida klub boslarini orqa eshikdan evakuatsiya qilishdi.

Foto: Getty Images

Mavzuga oid