Eyfel minorasi dastlabki ko‘rinishiga keltirilishi mumkin
Fransiya ramzi – Parijdagi Eyfel minorasiga uning dastlabki ko‘rinishi qaytarilishi mumkin. Shu bilan bog‘liq holda minora qizil rangga bo‘yalishi mumkin, chunki u birinchi kunlaridan aynan shunday rangda bo‘lgan.
Minora o‘z vaqtida qizil, sariq, och jigarrang tuslarda bo‘lgan. Minora o‘zining 129 yillik tarixi davomida 19 marta qayta bo‘yalgan. Bu gal minora qanday rangda bo‘yalishi hozircha noma'lum, ayni vaqtda uning dastlabki rangi – qizil rang muhokamadan o‘tmoqda.
“Biz eski ranglarni, avvalgi ko‘rinishni tiklaymiz. Bu hozirgi rangga nimanidir qo‘shish haqida o‘y yuritishga sabab bo‘ladi”, deb aytgan Fransiya madaniyat vazirligi xodimlaridan biri.
Minora uchun maxsus – “Eyfel jigarrangi” tusi yaratilgan bo‘lib, minora 1968 yildan boshlab har 7 yilda shu rangga bo‘yalgan. Biroq endi bu an'ana barham topishi mumkin.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
00:01 / 08.12.2024
Zelenskiy Parijda Tramp va Makron bilan uchrashdi
16:09 / 30.11.2024