FTBdagi «ikkinchi shaxs» ishdan haydaldi
AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns FTB direktori o‘rinbosari Endryu Makkeybni egallab turgan lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Bosh inspektor hisoboti, FTB professional majburiyat bo‘limi dalillari hamda yuqori mansabli amaldorning tavsiyasi asosida, men Endryu Makkeybni egallab turgan lavozimidan darhol ozod etish haqida qaror qabul qildim», - deya xabar bergan Seshns.
Makkeyb AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Demokratik partiya bilan o‘zaro aloqalari tufayli bir necha bor tanqid ostiga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori Jyeff Seshnsni ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024