Jamiyat | 18:10 / 20.03.2018
9097
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida “Spark” salonidan pnevmatik to‘pponchani o‘marishdi

Foto: Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 19 mart kuni Yangibozor qo‘rg‘oni Chirchiq mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan F.A. IIBga murojaat qilib, 2018 yil 22 fevral kuni soat 14.00larda noma'lum shaxs Navbahor mahallasi hududida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida qarovsiz qoldirilgan “Spark” rusumli avtomashinasi salonidan, unga tegishli “SAMO R-23” rusumli pnevmatik to‘pponchasi va 3.000.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yuqorichirchiq tumani Kavardon dahasi Mexanizator ko‘chasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan J.X. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

Mavzuga oid