Jamiyat | 12:26 / 22.03.2018
21094
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiyachilar nogiron bolalar tarbiyalanuvchi “Muruvvat” uyidan xabar olishdi

Bayram kunlarida ko‘ngli o‘ksik insonlar holidan xabar olish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi nogiron bolalar uchun faoliyat yurituvchi “Muruvvat” uyida Navro‘z kunlari ko‘plab ana shunday tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati bo‘linmasi vakillari bahoriy bayram ayyomida muassasadagi 279 nafar nogiron bolalarni yo‘qlab bordilar.

Harbiylarimiz bolajonlarni bayram bilan tabriklab, sovg‘alar ulashishdi. Tarbiyalanuvchilarning mazkur tadbirdan ko‘ngillari shod bo‘lgani aniq. Ular o‘zlari yodlagan she'rlardan aytib berishdi.

“Muruvvat” uyi xodimlari ezgu niyat bilan tashrif buyurgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Mavzuga oid