Fan-texnika | 20:18 / 23.03.2018
13966
3 daqiqa o‘qiladi

Telegram'da GetContact'dan foydalanuvchi firibgarlar faollashdi

Foto: Geektimes.ru

Kiberjinoyatlarni o‘rganish va ularni bartaraf qilish bilan shug‘ullanuvchi Group-IB kompaniyasi Telegram messenjerida firibgarlarning faollashgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, firibgarlar o‘ljaning ismini bilish sabab nizolarga sabab bo‘lgan smartfon ilovasi - GetContact'dan foydalanishmoqda. Bu haqida Group-IB rasmiy Telegram-kanalida ma'lum qildi.

"Telegram foydalanuvchilari firibgarlikning yangi to‘lqiniga duch kelishmoqda. Noma'lum raqamdan buyurtmaga "messenjerlarni ochish" bo‘yicha mutaxassisdan xabar keladi. Biroq kiberjinoyatchi "vijdonli" bo‘lib chiqdi: u o‘ljaga mukofot evaziga buyurtmachining ismini oshkor qilishga tayyor ekanini aytib ishontiradi", - deya ta'kidlashmoqda Group-IB ekspertlari.

Salohiyatli o‘lja bilan muloqotni davom ettirish maqsadida yovuz niyatli shaxs o‘zining raqamini ham qoldiradi. 

Group-IB ma'lumotlariga ko‘ra, firibgarlik sxemasining o‘zi yangi emas: avvallari kompaniya saytiga DDoS-hujumga buyurtma bergan "qotillar" va "operatorlar" ham shunday xatlar yo‘llashgan. "Yangi variantda barcha formulirovkalar saqlanib qolgan, biroq ekspertchilarning fikricha, nizolarga sabab bo‘lgan GetContact ilovasi qo‘llanmoqda. Ushbu ilova sizning yaqinlaringiz, do‘stlaringiz va hamkasblaringizning raqamlarini to‘plab, tarqatadi. Aynan shuning uchun barcha murojaatlar muayyan kishilarga yo‘naltirilgan va taniqli hamda badavlat insonlarga qaratilgan", - deya aniqlik kiritadi Group-IB.

Group-IB ekspertlari "buyurtmachi haqidagi ma'lumot" uchun pul to‘lamaslikni tavsiya qilmoqda, zero hech qanday buyurtmaning o‘zi yo‘q - bu firibgarlik. "Firibgarlarga yo‘liqib bo‘lgan bo‘lsangiz, sizga yo‘llanishi mumkin bo‘lgan xat va havolalarni ochmang", - deya ta'kidlashmoqda kompaniyada.

Shu bilan birga, Group-IB'da internetda ishlash davomida ham ehtiyot bo‘lishni maslahat berishmoqda, zero firibgarlar salohiyatli o‘ljalarni kuzatishadi. Mutaxassislar shuningdek GetContact ilovasini yuklamaslikni tavsiya qilishdi.

 

Mavzuga oid