O‘zbekiston | 16:17 / 26.03.2018
8092
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Kremniy vodiysidagi elchisi tayinlandi

Foto: Mirzo Ulugbek Innovation Sente

AQShning internet to‘lov tizimiga ixtisoslashtirilgan “Openbucks” kompaniyasi asoschisi Mark Rochman “Mirzo Ulugbek Innovation Senter” innovatsiya markazi(MUIC)ning Kremniy vodiysi va jahon IT-uyushmasidagi elchisi etib tayinlandi.

Mamlakatdagi innovatsiya markazi direktori Farhod Ibrohimov amerikalik tadbirkor, elektron tijorat bo‘yicha mutaxassisga shu bo‘yicha maxsus sertifikat topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Mark Rochman O‘zbekistonga tashrifi davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM” yagona integratori mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, mahalliy kompaniyalar hamda MUIC rezidentlari bilan norasmiy tarzda uchrashib, mamlakatda AKT sohasida mavjud imkoniyatlardan qanday foydalanish mumkinligi haqida o‘z shaxsiy tajribasi hamda kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ayni chog‘da mehmon Inha, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida ma'ruzalar qildi. 

Mark Rochman mamlakatda jabhada yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, “Openbucks” kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga olib kirish istiqbollariga jiddiy qiziqish bilan qarayotganini ta'kidladi. 

Mark Rochman MUICning Silikon vodiysi hamda jahon IT-uyushmasidagi elchisi sifatida ushbu innovatsiya markazi rezidentlarini AQShda ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Unga tegishli kompaniyaning Kaliforniyadagi ma'muriy binosida tez kunlarda “Uzbekistan Work Space” hududi paydo bo‘ladi. Bu yerda O‘zbekiston rezidentlari Kremniy vodiysiga ish yuzasidan tashrifi chog‘ida vaqtincha to‘xtab o‘tishi imkoniyati yaratiladi.

Mavzuga oid