Sport | 23:39 / 07.04.2018
20359
2 daqiqa o‘qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini nokaut qildi. Uzbek Tigers muddatidan oldin g‘alabaga erishdi

Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining to‘rtinchi jangi bo‘lib o‘tdi. 

-81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan «Venezuela Caciques» vakili Nalek Korbaj o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyevga qarshi ringga ko‘tarildi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jangda hakamlar qaroriga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev muddatidan avval g‘alaba qozondi. 

Bu jangdan so‘ng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers»  jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 1:3 ko‘rinishini oldi.

Ma'lumot uchun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar O‘zbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay, C2 jamoasi o‘yinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Termiz shahrida C1 jamoasining barcha janglarida Uzbek Tigers bokschilari raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq g‘alabaga erishgandi.

Mavzuga oid