Jahon | 01:07 / 13.04.2018
9541
2 daqiqa o‘qiladi

Alp tog‘larida Land Rover Defender krossoverining ulkan tasviri hosil qilindi

Foto: youtube\Land Rover

Land Rover aavtomobilsozlik kompaniyasining 70 yilligi sharafiga Fransiya Alplarining qorli yonbag‘rida 2700 metr balandlikda Land Rover Defender yo‘ltanlamasining ulkan silueti hosil qilindi. Ushbu jarayon videosi Land Rover’ning  YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Ushbu tasvirni britaniyalik snou-art ustasi Saymon Bek tom ma'noda oyoqlari bilan bosib chiqdi. U g‘oyani amalga oshirish uchun kichik o‘lchamli chang‘ilarni kiyib, 16,5 km qor kechdi va umumiy hisobda 20894 qadam bosdi. Noodatiy “san'at obekti”ning uzunligi 250 metrni tashkil qilgan.

Ushbu tasvir kompaniyaning sobiq texnik direktori Moris Uilksga bag‘ishlandi. Uilks Red Uorf ko‘rfazidagi plyajda ushbu brendning ilk yo‘ltanlamasini qumda tasvirlagan.

Defender ishlab chiqarilishi 2016 yilda to‘xtatilgan. Biroq 2 yil o‘tib Land Rover ushbu yo‘ltanlamasning 8 silindrli dvigatelli va avtomat uzatmalar qutisiga ega cheklangan seriyasini ishlab chiqargan. Kompaniya narxi 150 ming funt sterling turuvchi bunday mashinadan umumiy hisobda 150 dona ishlab chiqarmoqchi.  

2019 yilda yangi avloddagi Defender’ning paydo bo‘lishi kutilmoqda. U Land Rover Discovery Sport modelini yaratishda qo‘llangan alyuminiy platformada quriladi. 

 

Mavzuga oid