O‘zbekiston | 18:52 / 30.04.2018
6665
1 daqiqa o‘qiladi

Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlik bo‘yicha milliy vakolatli organ tayinlandi

Foto: iStock

Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 26 apreldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi siyosiy va operatsion masalalar bo‘yicha Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlik qilish yuzasidan milliy vakolatli organ deb tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Global ekologik jamg‘arma 1991 yilda tashkil topgan. U 181 davlat hukumatlarini global ekologik muammolarni hal qilish maqsadida birlashtiradi xamda xalqaro va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan, xususiy sektor bilan ish yuritadi. 

Jamg‘arma – mustaqil moliyaviy tashkilot. U rivojlanayotgan davlatlarga ekologik masalalar bo‘yicha turli-xil loyihalarni amalga oshirish maqsadida grantlar taqdim etadi. Bu loyihalar atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi.

Mavzuga oid