Jahon | 09:30 / 02.05.2018
7898
1 daqiqa o‘qiladi

«Vazminlik!» - Yevropa ittifoqi Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Hayk Baghdasaryan/Photolure/Reuters

Yevropa ittifoqi Armanistondagi siyosiy mojaro tomonlari, jumladan huquqni muhofaza qilish organlari va muxolifat ishtirokchilarini vazminlikka chaqiradi. Bu haqda RIA «Novosti» Yevropa tashqi siyosat xizmati bayonotiga asosan xabar qilmoqda.

«Barcha manfaatdor tomonlar, jumladan huquqni muhofaza qilish organlari hamda yig‘ilishlar va fikr erkinligiga bo‘lgan huquqidan foydalanayotganlar keskinlikdan qochishi hamda vazminlik va mas'uliyatni ko‘rsatishi juda muhim. Bu so‘nggi kunlarda kuzatilgandek bo‘lishi kerak», - deya xabar qilinadi bayonotda.

Avvalroq, Armaniston parlamenti mamlakat bosh vaziri lavozimiga yagona nomzod sifatida ko‘rsatilgan muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyanni ushbu mansabga saylamagani xabar berilgandi. Pashinyan parlamentariylar qaroriga o‘z munosabatini bildirarkan, g‘alabaga qadar Yerevan shahrida miting bo‘lishini bildirdi. 

Mavzuga oid