Sudan Markaziy Afrika Respublikasidagi elchisini chaqirtirib oldi
Sudan Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxtidagi elchixonasiga hujum sodir etilgani sababli bu davlatdagi elchisini ortga chaqirtib oldi. Bu haqda Sudan tashqi ishlar vazirligi saytida e'lon qilingan bayonotda aytilgan.
Bayonotda aytilishicha, 4 may kuni Sudanning Bangidagi elchisi qarorgohiga hujum sodir etilgan. Oqibatda elchixona qo‘riqchisi o‘qotar jarohatlardan halok bo‘lgan. MAR prezidenti va ichki ishlar vaziri Sudan elchisi bilan uchrashib, hukumat nomidan elchixona xodimi halok bo‘lgani munosabati bilan ta'ziya keltirishgan va jinoyatchilarni topib, ularni javobgarlikka tortish uchun barcha choralar ko‘rilishiga va'da berishgan.
Sudan Tribune portali ma'lumotlariga ko‘ra, elchixona qo‘riqchisi o‘g‘rilikning oldini olmoqchi bo‘lgan politsiyachilar tomonidan xato o‘ldirilgan.
Sudan hukumati ushbu holat yuzasidan MARning elchisiga rasmiy norozilik notasi topshirgan va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish hamda o‘z elchixonasi va uning xodimlari himoyasini ta'minlashni talab qilgan.
Mavzuga oid
09:51 / 19.12.2024
Sudan Rossiya harbiy-dengiz bazasini joylashtirishdan bosh tortdi
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
14:30 / 04.11.2024
Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
20:57 / 31.10.2024