«Hozir istalgan narsaga tayyor turish kerak» - Nazarboyev Qozog‘iston armiyasi haqida
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 7 may kuni Jambil viloyati Korday tumanidagi jangovar paradda ishtirok etdi.
U tribunaga mudofaa vaziri Saken Jasuzakov bilan birgalikda vertolyotda kelgan.
«Hurmatli parad ishtirokchilari, aziz faxriylar, askarlar va zobitlar! Qurolli kuchlar - xavfsizlikning asosiy kafolati va suverenitet, mamlakatimiz tinchligini saqlab qolishning buzilmas qal'asidir. Qozog‘istonlik harbiy xizmatchilar - eng shafqatsiz urushda fashizmni mag‘lub etgan otalarimiz va bobolarimizning qahramonligiga munosib o‘rinbosarlar. Biz doimo ularning qahramonligini, yurtimiz farovonligi uchun o‘z hayotidan kechganini yodda saqlaymiz», - degan Qozog‘iston Oliy bosh qo‘mondoni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Qozog‘iston armiyasi mamlakat mustaqilligini qo‘riqlashda ishonchli ravishda turibdi.
«Suverenitetni qo‘lga kiritganidan beri Qozog‘iston barqaror, mustahkam, tinchliksevar siyosat yuritmoqda. Biroq, zamonaviy siyosiy voqelik har doim har qanday narsaga tayyor bo‘lishni talab qilmoqda. Davlat armiyani mustahkamlashga maksimal e'tibor qaratmoqda. Muntazam ravishda zamonaviy qurollar va harbiy texnika sotib olinyapti. Harbiy texnika va uskunalar ishlab chiqarish muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi. Harbiy boshqaruv tizimi modernizatsiya qilinmoqda. Bizning maqsadimiz - zamonaviy, mobil va yuqori professional armiyani yaratish», - deya ta'kidlab o‘tdi Qozog‘iston prezidenti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, davlatda buning uchun barcha kerakli resurslar bor.
Mavzuga oid
21:39 / 14.01.2025
Qozog‘iston xorijliklar uchun bank kartalarining amal qilish muddatini chekladi
17:34 / 13.01.2025
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi suvi hajmini 42 foizga oshirdi
16:22 / 13.01.2025
O‘zbekiston Qozog‘iston donining asosiy xaridori bo‘lib turibdi
20:55 / 11.01.2025