Jahon | 10:41 / 07.05.2018
14592
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi generali IShID bilan Damashqdagi kurash haqida so‘zlab berdi

Foto: Mixail Voskresenskiy/RIA «Novosti»

Suriya armiyasi generali Muhsin Nafnufning ma'lum qilishicha, hukumat qo‘shinlari yaqinda Damashq janubidagi, IShID nazorati ostida bo‘lgan mavzelarni ikki qismga «bo‘lib tashlaydi». Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«So‘nggi bir sutka davomida 500 metrga oldinga siljidik, boshqa tomondan armiyamizning yana bir brigadasi kelmoqda. Yaqinda biz uchrashamiz, IShID jangarilari nazoratida bo‘lgan hududni ikki qismga ajratib tashlaymiz. Keyin esa har bir qozonni sindiramiz va terrorchilarni yo‘q qilib tashlaymiz», - deya aytib o‘tdi general.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington Suriyadagi kimyoviy hujum haqida xabar bergan guruhni moliyalashtirishni to‘xtatgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid