AQSh Paragvay elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilganiga munosabat bildirdi
Qo‘shma Shtatlar Paragvayning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilganini ma'qullaydi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
«Biz G‘arbiy yarim shardagi sherigimizga Isroil poytaxtini tan olish bo‘yicha pozitsiyamizga qo‘shilgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Isroil poytaxti bo‘lmish Al-Qudsda o‘zimizning ko‘plab do‘stlarimiz va ittifoqchilarimizni ko‘rishdan juda xursand bo‘lamiz hamda buni intiqlik bilan kutmoqdamiz», - deya ma'lum qilishgan matbuot xizmatidan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paragvay mamlakatning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirgandi. U AQSh va Gvatemaladan so‘ng shunday qarorga kelgan uchinchi davlat bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024