Sankt-Peterburgdagi musobaqa finalida to‘rt nafar bokschimiz g‘alaba qozondi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha xalqaro «Gubernator kubogi» bo‘lib o‘tmoqda. Unda yetti nafar bokschimiz finalga yo‘llanma olgan edi.
O‘ta yengil vazn (46–49 kg) da hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov rossiyalik Bator Sagaluyevga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
56 kg vaznda finalda o‘zaro duch kelgan hamyurtlarimiz Shahobiddin Zoirov va Miraziz Mirzaxalilov jangida 5:0 hisobida Mirazizning qo‘li baland keldi.
60 kg vaznda final ringiga ko‘tarilgan Shunqor Abdurasulov Albert Batirgaziyev 5:0 hisobida yutqazdi.
75 kg vaznli bokschilar finalida Isroil Madrimov rossiyalik Gleb Baxshiga mutlaqo imkoniyat qoldirmadi — 5:0.
81 kg vaznda Bektemir Meliqo‘ziyev ham musobaqa g‘olibiga aylandi. U rossiyalik Georgiy Kushitashvili ustidan 3:2 hisobida ustun keldi.
O‘ta og‘ir vazn (+91 kg) toifasida ringga chiqqan Bahodir Jalolov rossiyalik Vladislav Muravinni ikkinchi raunddayoq nokautga uchratib, jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal qildi.
Turnir yakuniga ko‘ra 4 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan rossiyalik bokschilar birinchi, 4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan o‘zbekistonlik bokschilar ikkinchi va 1 ta kumush, 2 ta bronza natijasi bilan qozog‘istonlik sportchilar uchinchi o‘rinni egallashdi.
Mavzuga oid
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
23:04 / 25.12.2024
Rossiyada 20 yil oldin bedarak yo‘qolgan jurnalistning qoldiqlari topildi. Uni militsiya polkovnigi o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
16:22 / 06.12.2024