Siz uchun 1UZ xizmatda yoki Soliq va boshqa hisoblarni vaqtida va sifatli topshiring!
Bugungi jadal rivojlanishlar va iqtisodiy o‘sishlar davrida ayting-chi, nimani bepul olish mumkin? Hech nima, deysizmi, adashasiz. 1UZ dasturiy mahsulotlarini yuklash va vaqtincha qo‘llash siz uchun BePUL!!!
2013 yilda tashkil topgan “BePro Norma” kompaniyasi 1UZ dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqib, mualliflik huquqini olgan va bugungi kunga qadar yurtimizning turli burchaklarida minglab mijozlar orttirib, yuqori natijalarga erishib kelmoqda. 1UZ dasturlari milliy dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida faoliyat yuritadi. Kompaniya buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator dasturiy mahsulotlar muallifi hisoblanadi. Jumladan:
Ushbu dasturlarning har biri o‘z ko‘lamida mukammal dasturiy tillarda yozilgan bo‘lib, qo‘llovchilar uchun nihoyatda soddalashtirilgan ko‘rinishga ega. Dasturlarimiz kichik biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan barcha faoliyat turlarini; ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish xizmati, fermer xo‘jaliklari, turizm, dorixona qo‘yingki, hisob-kitob olib boruvchi barcha qatlamlarni qamrab oladi. Xodimlar bilan ishlash bo‘limlari uchun cheksiz imkoniyatlarni bizning qo‘llanmalardan topasiz. Barcha ma'lumotnomalar, buyruqlar hisoblari avtomatlashtirilgan. Biz bilan ishlaringiz rejali va tashkillashtirilgan ko‘rinishga keladi. Ayniqsa, Soliq hisoblarining barcha ko‘rinishlarini o‘zida jamlagan dasturlarimiz hisobot davrlarida sizga ma'qul keladi.
Buxgalteriya - faoliyat olib borayotgan har bir tashkilotning javobgar qatlami hisoblanadi. Buxgalterning bilim-ko‘nikmalari hamda uning doimiy ko‘makchisi bo‘lgan avtomatlashtirilgan buxgalteriya dasturi korxona ishining to‘g‘ri tashkil etilishida muhim rol o‘ynaydi. Samaradorlik uchta asosiy mezon – hujjatlarni tartibli yuritish, hisob-kitoblarning aniqligi va tezkor tahlil bilan belgilanadi. 1UZ dasturlari bu sifatlarning barchasini ta'minlaydi.
Dasturlarimiz nafaqat buxgalterlarga balki tashkilotning har bir xodimiga qo‘l kelishi mumkin. 1UZni xoh u rahbar bo‘lsin xoh oddiy xodim ish faoliyatida muntazam qo‘llash imkonini oladi. Dastur o‘z ichiga ko‘plab qulayliklarni qamrab olgan. Misol uchun, 1UZ Kurer xizmati sizga hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash va o‘zaro elektron almashish imkoniyatini beradi. Bu - ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarsiz hujjatlarning harakatlanishi demakdir.
Shuningdek, 1UZ Direktor dasturi rahbarlar uchun bahosi yo‘q topilma desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har bir 1UZ mahsulotiga ega tashkilot rahbari bundan buyon barcha raqamlarni, jumladan qarzdorliklar, tashkilot hamda bank hisob-kitoblarini istalgan vaqt va joyda kompyuter yoki telefon tarmoqlarida kuzatib borishi mumkin.
Eng asosiysi kompaniyada yuqori malakali mutaxassislar tinimsiz izlanishlar olib boradi. Bizning jamoa tajribali dasturchilar, tahlilchilar, texnik va ta'minot xodimlari, sotuv menejyerlari va buxgalter-ekspertlardan tashkil topgan bo‘lib, dastur yuzasidan nimaiki savol va muammo yuzaga kelsa beminnat o‘z ko‘maklarini ko‘rsatadilar. Ayniqsa, qo‘llab-quvvatlash bo‘limidagi buxgalter ekspertlarimizning mehnati beqiyos. Sizning hech bir qo‘ng‘irog‘ingiz yoki so‘rovingiz e'tibordan chetda qolmaydi.
Kompaniyamiz kengayishi va mijozlarimizning ko‘plab talablariga binoan Respublikamizning barcha hududlarida “Hamkorlar tarmog‘i” o‘z faoliyatini boshladi. Bugungi kunda 1UZ bilan Xorazm, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida hamkorlik shartnomasini imzolab, joylardagi mijozlarga dastur yuzasidan maslahatlar berib, lozim ko‘maklarini ayamay kelmoqdalar. Hamkorlar tarmog‘i mijozlarga dasturni o‘rnatish va amaliy yordam berish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, har bir hamkor mijozlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlaydilar.
So‘z boshidagi BePUL, degan e'lonimizga to‘xtaladigan bo‘lsak, ha bizda 1UZ MINI dasturi shuningdek, istagan dasturingizdan foydalanish imkoni bepul taqdim etiladi.
Bizning maqsadimiz faqat foyda ketidan quvish emas, eng avvalo mijozlar uchun yangi turdagi axborot texnologiyalarni yaratish, Respublikamizdagi iqtisodiy muhitning yaxshilanishiga, tadbirkorlik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari yanada keng ko‘lamga ega bo‘lishiga hissa qo‘shishdan iborat. Shu bois 1UZ bilan ishlash va uni qo‘llash istagida bo‘lgan har bir shaxs uchun biz mahsulotimizni bepul yuklash imkonini beramiz. Ham ARZON, ham QULAY 1UZ dasturlari O‘zbekiston xalqi uchun O‘ZBeK tilida ham ishlaydi. Ayting-chi, bunday o‘zbekona dasturni qayerdan ham topish mumkin?!
Biz sizga boshqa chet el kompaniyalari kabi turli majburiyatlar yuklamaymiz, har chorakda mablag‘ingizga putur yetkazmaymiz ham, sizga cheksiz foydalanish huquqini beramiz, mahalliy dasturchilar sizning ehtiyojlaringiz va talablaringizdan kelib chiqqan holda ishlaydilar. Shu bois 1UZ faqat va faqat Milliy va mahalliy mahsulot sifatida bugungi kunga qadar sizning xizmatingizda bardavom turmoqda.
Ma'lumot uchun telefon raqamlar: 230-21-12;
Elektron manzil: info@1uz.uz
Telegram BoT: https://t.me/oneuzbot
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:02 / 20.12.2024
Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi
12:24 / 14.10.2021
Buxgalterlar DSQdan norozi: Tovar-moddiy boyliklarni ochiqlash talab qilinmoqda
15:26 / 10.05.2021
Kattaqo‘rg‘onlik ayol o‘ziga 7ta fermer xo‘jaligidan «maosh yozilgani» haqida bilib qoldi. Pullarni kim olgan?
11:33 / 25.09.2020