Fan-texnika | 19:44 / 17.06.2018
24011
1 daqiqa o‘qiladi

Chang va namlikdan eng yaxshi himoyalangan smartfonlar reytingi

Ekspertlar suv va changdan eng yaxshi himoyalangan qurilmalar reytingini tuzishdi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, hozir deyarli barcha telefonlar IP67 yoki IP68 standarti bilan himoyalangan. 

Biroq chang va suvdan himoyalanganlik darajasiga ko‘ra, Samsung Galaxy S9 va Samsung Galaxy S9+ smartfonlari eng yaxshisi deya tan olindi. Mutaxassislarning aytishicha, ularga na namlik va na chang xavf solmaydi. 

Samsung Galaxy S9/ Foto: Global Look Press

Shuningdek reytingdan boshqa rusumlar modellari ham o‘rin oldi, jumladan — LG G7 ThinQ va Huawei P20 Pro. Apple kompaniyasi mahsulotlari orasida mutaxassislar tashqi omillarga chidamlilik bo‘yicha birinchilikni iPhone X'ga berishdi. 

LG G7 ThinQ/ Foto: The Verge
Huawei P20 Pro/ Foto: BGR
iPhone X/ Foto: The Verge

 

Mavzuga oid