Sport | 17:25 / 17.06.2018
19215
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Misr darvozaboni Urugvayga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrinni olishdan bosh tortdi

Misr terma jamoasi darvozaboni Muhammad al-Shenavi JCh-2018 guruh bosqichi birinchi turida Urugvayga qarshi o‘yindan keyin diniy sabab tufayli o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni olishdan bosh tortdi.

A guruhida Misr Urugvayga 0:1 hisobida yutqazgandi. Al-Shenavi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va raqiblarning zarbalarini qaytarib turdi, ammo u 90-daqiqada Ximenesning bosh bilan bergan zarbasini o‘tkazib yubordi.

U yakunda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, ammo sovrin homiysi – alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Budweiser kompaniyasi bo‘lgani uchun u sovrinni olishni istamagan.

Mavzuga oid