«O‘zbekiston - keng ko‘lamli islohotlar mamlakati»
Xitoyda Psearcher jurnalining «O‘zbekiston - keng ko‘lamli islohotlar mamlakati» nomli maxsus soni chiqarildi. Rangli tasvirlangan nashrda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta'kidlanadi. O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta'minlash, davlatning demokratik poydevorini mustahkamlash borasida erishilgan yutuqlarga ijobiy xarakter beriladi.
Nashr materiallarida O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyati va biznes yuritish uchun ma'muriy to‘siqlarni bosqichma-bosqich olib tashlash bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar, kichik va xususiy tadbirkorlarga kredit berish jarayonlari soddalashtirilganligi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha prezidentning Vakillik instituti tashkil etilishi to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan.
Nashrda O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma'lumot berilib, ta'lim, onalik va bolalik salomatligi sohalarida erishilgan yutuqlarga alohida e'tibor qaratildi. O‘quvchilar so‘nggi yillarda yaratilgan fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish jarayoni, turli millatlar, dinlar va madaniyat vakillarining tinch-osoyishta yashash sharoitlari bilan tanishadilar.
Fuqarolarning faolligini rag‘batlantirish va davlat organlari bilan aloqa mexanizmlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. 2016 yildan mamlakatning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan prezident Xalq qabulxonalari samaradorligi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
22:08 / 07.03.2024