Jahon | 20:55 / 05.07.2018
4385
1 daqiqa o‘qiladi

Pxuketda sayyohlar bo‘lgan ikkita qayiq ag‘darilib ketdi

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Ankov

Tailandning Pxuket oroli janubi va janubi-g‘arbida qisqa vaqt ichida bortida 130 dan ko‘proq sayyoh bo‘lgan ikkita qayiq ag‘darilib ketdi. Bu haqda Phuket News nashri ma'lum qildi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyida qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda. Bundan tashqari, amaliyotga mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining qutqaruv kemalari jalb qilingan. Nashrning ma'lum qilishicha, odamlarni qutqarish bo‘yicha amaliyot kuchli shamol, to‘lqinlar va kech tushib qolgani sababli qiyinlashgan.

O‘z navbatida “Assoshieyted Press” axborot agentligining politsiyaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, 90 ga yaqin odamni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, 7 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Mavzuga oid