O‘zbekiston | 18:00 / 17.07.2018
49250
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana 7ta tuman IIB boshlig‘i o‘zgardi, 3ta boshqarmaga yangi rahbarlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV rasmiy saytida xabar qilingan

Podpolkovnik Saidanvar Saida'loyev IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘iga podpolkovnik Bahrom Sherg‘oziyev yangi rahbar bo‘lgan, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini podpolkovnik Avaz Muratov, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini kapitan Hojiakbar Abdullayev egallagan.

Shuningdek, respublika bo‘ylab yana 7ta tumanda IIB boshlig‘i o‘zgargan:

Podpolkovnik Dilmurod Ixvoldinov Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Podpolkovnik Azizbek Islamov Andijon viloyati, Paxtaobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Mayor Mansurbek Alixanov Andijon viloyati, Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Kapitan O‘ktam Asqarov Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Podpolkovnik Dilshodjon Umarov Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Podpolkovnik Zokir Suvanqulov Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Podpolkovnik Shuhrat Abdujabbarov Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Bundan avvalroq Farg‘ona viloyatining 5ta tumanida va bir shahrida IIBning yangi boshliqlari tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid