Jamiyat | 22:10 / 05.08.2018
29852
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt marotaba amnistiya chiqqan ayolga yana hukm o‘qildi

2018 yilning iyul oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar, Uchtepa tuman sudi “Cho‘ponota” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudlanuvchi Ruziyeva Firuza Xayrullayevnaga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ma'lum bo‘lishicha, F.Ruziyeva xavfli retsidivist bo‘lgani holda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro Alimova Nasiba Ataullayevnaning ishonchiga kirib, unga jami 18.093.000 so‘mlik sariq metalldan ishlangan taqinchoqlarini sotib berishni va pullarni 15 kun ichida qaytarishni va'da qilib, taqinchoqlarni olgan. Firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan taqinchoqlarni sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Sud F.Ruziyevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandi (firibgarlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda umumiy 2 yil 9 oy 27 kun axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.

Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqli ekanligi tushuntirildi.

Mavzuga oid