Jamiyat | 16:43 / 15.08.2018
8464
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchining ehtiyotsizligi sabab bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 14 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi T.B. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Samarqand-Qarshi” avtomobil yo‘lining 53-km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan O.M. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada “Neksiya” avtomashinasining bir yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan va yana bir yo‘lovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid