Bo‘z tumani hokimi o‘zgardi
Bugun, 22 avgust kuni Andijon viloyati, Bo‘z tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qatnashdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi.
2017 yil 23 fevraldan buyon tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdurashid Rayimjonovich Mamirov kasalligi sabab egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Tumanga Inomjon Solijonovich Mamadaliyev yangi hokim etib tayinlandi.
I.Mamadaliyev 1975 yil 24 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan, ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - jurnalist. Bundan avval Asaka shahar IIB huquqbuzarliklarni oldini olish guruhi katta inspektori, Asaka shahar IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, IIB huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2014 yil 13 maydan Asaka tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - Asaka shahar hokimi sifatida ishlab kelgan.
Ma'lumot uchun: Bo‘z tumani 1950 yil 5 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Shahrixon tumaniga qo‘shib yuborilgan. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan. Markazi – Bo‘z shaharchasi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024