Jasurbek Latipov birinchi finalchiga aylandi
Bugun Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha musobaqalarida yarim final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlab -52 kg vazn toifasidagi sportchilar ringga chiqishdi. O‘zbekistonlik Jasurbek Latipov qirg‘izistonlik kuchli raqib Azat Usenaliyev bilan jang qildi.
3 raund yakunlariga ko‘ra, hakamlar Jasurbek Latipovni g‘olib deb topishdi - 4:1 (10:27, 28:29, 29:28, 29:28, 30:27).
Endi u finalda yarim finalda tailandlik Tongdeye Yuttapongni mag‘lub etgan filippinlik Ladon Rogenga qarshi oltin medal uchun ringga chiqadi.
Jasur Latipov yarim finalga qadar xitoylik Hu Jiangguani 3:2 hisobida, indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Usenaliyev ishtirokini saralashan boshlab, ilk raqibi, laoslik Akkasit Viyengayni 5:0 hisobida yenggan, nimchorakda Pokiston vakili Asif Said Muhammadni 5:0, chorak finalda esa shimoliy koreyalik O Tay Bomni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024