Jahon | 22:24 / 02.09.2018
34533
2 daqiqa o‘qiladi

Reyting: Alkogol iste'moli natijasida eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etilgan mamlakatlar

Foto: depositphotos

Spirtli ichimliklar iste'moli natijasida o‘lim holatlari eng ko‘p qayd etilayotgan mamlakatlar reytingi tuzildi. Lancet tibbiy nashri mutaxassislari shu haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Tadqiqot natijalari ekspertlarning o‘zlarini ham hayron qoldirdi. Shunday qilib, rasmiy statistika ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda bir yil ichida alkogoldan halok bo‘lganlar soni taxminan 0,7 millionni tashkil qilgan, ulardan 59 ming nafari ayollar bo‘lgan.

Ichkilik natijasida o‘lim holatlari eng ko‘p qayd etilayotgan mamlakatlar reytingida ikkinchi o‘rinni Hindiston egallaydi. Ushbu mamlakatda bir yilda alkogoldan iste'moli natijasida 330 ming kishi halok bo‘lgan, ulardan 42 ming nafari - ayollar.

Spirtli ichimliklarni ko‘p iste'mol qilish natijasida yuzaga keluvchi o‘lim holatlari bo‘yicha uchinchi o‘rinda Rossiya Federatsiyasi qayd etilgan. Bu mamlakatda bir yilda alkogol iste'molidan halok bo‘lganlar soni 220 ming nafardan iborat bo‘lgan, shundan 43 ming nafari -ayollar.

Qoidaga ko‘ra, yuqoridagi o‘lim holatlari miyaga qon quyilishi, ishemik insult, gipertonik inqiroz va epilepsiya natijasida yuzaga kelgan.

Mavzuga oid