Samarqandda salondan oyog‘ini chiqarib «Spark» boshqargan haydovchi kimligi aniqlandi
Internetda Samarqand shahridagi Gagarin ko‘chasida chap oyog‘ini «Spark» rusumli yengil avtomashina salonidan chiqarib boshqarayotgan haydovchi tushirilgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in munozara mavzusiga aylandi.
Youtube'da ko‘rish
Facebook'da ko‘rish
Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur avtomashinani o‘sha paytda boshqargan shaxs aniqlangan. U 1997 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahri, So‘g‘diyona massivida istiqomat qiluvchi Z.Sh. bo‘lib chiqdi.
Avtomashinani yo‘lning qatnov qismida tananing bir qismini avtomashina salonidan chiqarib, shuningdek, transport vositasini majburiy sug‘urta polisisiz boshqarganligi tufayli Z.Sh.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1351 va 138-moddalariga hamda «Yo‘l harakati qoidalari»ning 7, 24 va 183-bandlariga asosan ma'muriy bayonnomasi rasmiylashtirilgan, u boshqargan transport vositasi belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan, deyiladi Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan Kun.uz ga taqdim etilgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024