Sport | 01:07 / 07.10.2018
74433
2 daqiqa o‘qiladi

Davron Fayziyev MakGregor va Nurmagomedov jangi favoritini aytdi

O‘zbekistonlik sharhlovchi Davron Fayziyev Konor MakGregor va Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jangda kim favorit ekani, ularning ustunlik va kamchiliklari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Konor MakGregor tik turgan holatda zarba berish orqali nokautlar ustasi hisoblanadi. Ikki vazn toifasida zarba kuchi bo‘yicha tengsiz va hozirgi kunda ushbu sport turining qiroli deya e'tirof etilmoqda.  

Habib Nurmagomedov – yengilmas va hozirgi kunda mutloq chempion. Hali biror marta MMA yo‘nalishida yutqazmagan. MMA'da esa manaman degan zo‘ri ham bir kun kelib yutqazadi. Chunki bu yerda ming zo‘r kurashchi bo‘lgani bilan bitta zarba tushib qolishi mumkin. 

Ushbu jangda kim favorit ekanini taxmin qiladigan bo‘lsam, kichik foiz bilan Habibni favorit degan bo‘lar edim. Chunki Habib Nurmagomedovning arsenali boyroq. Uning jangi faqat "takedown"dan iborat emas. Parterga tushgandan keyin Habib odatda raqibini parterdan chiqarib yubormaydi. 

1-2 raund Konorniki, ya'ni uning g‘alaba qozonishi uchun berilgan muddat. Undan o‘tadigan bo‘lsa, uyog‘iga jismoniy tayyorgarlik rol o‘ynaydi. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha esa Habibda imkoniyat yuqoriroq.

Habibning kamchiligi – uning zarba ko‘tara olishi yoki ko‘tara olmasligi hali sinalmagan. Chunki unga zarba berish qiyin", – Davron Fayziyev. 

Videoning to‘liq shaklini quyida ko‘rishingiz mumkin:

Facebook

YouTube

Mavzuga oid