Light | 19:00 / 14.10.2018
19180
2 daqiqa o‘qiladi

Chekishga tobelik genetik tabiatga ega ekani aniqlandi

Foto: Pinterest

Parijdagi Paster Instituti xodimlari tadqiqotlar davomida CHRNA5 genlari mutatsiyasini aniqlashdi va uni 5SNP deya nomlashdi. DNK kodidagi aynan shu «xatolar» insonlarning tamakiga tobeligiga ta'sir ko‘rsatadi, deyiladi «Ortodoks» tibbiy portalida.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, chekishga tobelik psixologik emas, genetik tabiatga ega.

Tadqiqotchilar sichqonlar ishtirokida tajriba o‘tkazishgan. Mutaxassislar kemiruvchilar tanasiga CHRNA5 genini kiritishgan. Sichqonlar joylashgan katakka tamaki tutuni yo‘llangan. Ma'lum bo‘lishicha, faqat CHRNA geni kiritilgan sichqonlardagina nikotinga tobelik paydo bo‘lgan. Qolgan sichqonlar tutunga reaksiya bildirmagan yoki ularda tobelik defekt genli sichqonlarga qaraganda ko‘proq vaqt o‘tgachgina qayd etilgan. 

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, keyingi bosqichda ular odamlar uchun zararli odatlardan xalos bo‘lishga yordam beruvchi preparatlarni o‘ylab topishadi. Gap faqat sigaretlarda emas, balki spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar haqida ham. Mazkur kashfiyot ekspertlarga CHRNA genida 5SNP mutatsiyasini yo‘q qiluvchi dori vositalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Natijada odamlar tamaki, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga tobelikdan qutulishadi. 

Mavzuga oid