Makgregor Nurmagomedovga 15 mln dollarlik taklif bilan chiqdi
Yengil vaznda Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning amakisi Aleks so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik Konor Makgregor jiyaniga revansh uchun 15 million dollar taklif qilgan.
«U Habibga qiziq emas. U hech qanday pul uchun u bilan jang qilmaydi. Ha, men ular unga revansh taklif qilishayotganini bilaman. Ular boshlanishidayoq 15 millionlik taklif bilan chiqishdi. Lekin Habib «yo‘q» dedi. Konor navbatga tursin, boshqalar bilan jang qilsin. Habib esa Fergyuson bilan jang qilishni istaydi, keyin o‘z faoliyatini tugatmoqchi», - deya Aleks Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».
6 oktabrda o‘tkazilgan jangida Nurmagomedov to‘rtinchi raundda Makgregorni mag‘lubiyatga uchratib, yengil vaznda UFC chempioni kamarini himoya qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 50 Cent Habib Nurmagomedovga 2 mln dollar taklif qilgandi.
Mavzuga oid
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024