Iqtisodiyot | 11:28 / 17.10.2018
12848
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyotlarning jahon raqobatbardoshlik reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q

Foto: iStockPhoto

Qozog‘iston iqtisodiyotlar global raqobatbardoshlik reytingida (Global competitiveness Index) 59-o‘rinni egalladi. Ushbu davlat o‘tgan yilgi pozitsiyasini saqlab qolgan. Hisobot Jahon iqtisodiy forumining veb-saytida e'lon qilindi.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan: Qirg‘iziston o‘tgan yilga nisbatan uch pozitsiyaga ko‘tarilib, 97-o‘rinni egalladi. Tojikiston 102-pog‘onadan joy oldi (2017 yilga nisbatan 5 pozitsiya).

O‘zbekiston va Turkmaniston reytingda taqdim etilmagan.

Global raqobatbardoshlik indeksi 12ta ko‘rsatkich bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bular makroiqtisodiy barqarorlik, iste'mol bozori, mehnat bozori, moliyaviy tizim, ichki bozor hajmi, institutlarning sifati, infratuzilma holati, axborot texnologiyalari va zamonaviy kommunikatsiyalarning kirib borish darajasi, aholi salomatligi, ta'lim va ko‘nikmalar, biznes rivoji dinamikasi, innovatsiyalarga imkoniyatlar.

Reytingda jami 140 mamlakat mavjud. Birinchi o‘rinlarni egallaganlar: AQSh, Singapur, Germaniya. Eng oxirgi pog‘onalarda - Chad, Yaman, Gaiti.

Mavzuga oid